Past va yuqori kuchlanishli uskunalar ishlab chiqarish
Energetika va sanoat obyektlari uchun ishonchli past va yuqori kuchlanishli uskunalar ishlab chiqaramiz.
Biz barcha standartlarga rioya qilgan holda sifat va xavfsizlikni ta'minlab, elektromontaj va ishga tushirish-sozlash ishlarining to'liq majmuasini "tayyor holda" amalga oshiramiz.
Elektr ta'minoti va elektrotexnika yechimlari sohasida 20 yildan ortiq muvaffaqiyatli ish tajribasi.
Elektr ta'minoti va elektr jihozlari sohasida 130 tadan ortiq amalga oshirilgan loyihalar.
Barcha turdagi bajariladigan ishlar uchun litsenziyalar va ruxsatnoma hujjatlarining mavjudligi.
Bizga 50 dan ortiq yirik korporativ mijozlar va sanoat korxonalari ishonch bildiradi.
Korxona barcha zaruriy maxsus uskunalar bilan jihozlangan elektromontaj, sozlash, qurilish va ishlab chiqarish bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.
Kompaniya elektromontaj va sozlash ishlarini olib borish, elektr jihozlarini ishlab chiqarish va loyihalash uchun barcha litsenziya hamda ruxsatnomalarga ega.
Kompaniya sanoat va fuqarolik obyektlari uchun elektr tarmoqlari hamda uskunalarini loyihalash va montaj qilish xizmatlarini ko‘rsatadi.
Elektrotexnika laboratoriyasi elektr qurilmalari va uskunalarini o‘lchash, sinash va diagnostika qilish ishlarini amalga oshiradi.
Kabel liniyalarini yotqizish, havo liniyalarini o‘rnatish, yuqori va past kuchlanishli uskunalar hamda yoritish tizimlarini montaj qilish.
Elektr uskunalari, kabel va havo liniyalarini sozlash hamda sinovdan o‘tkazish.
Kompaniya elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lgan shaxsiy ishlab chiqarish bazasiga ega. "MSEM" har qanday murakkablikdagi sanoat va fuqarolik qurilishi obyektlarini elektr bilan ta'minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyor.
Tashkil etilganidan buyon kompaniya tashqi va ichki elektr ta'minoti tizimlarini, shuningdek, kafolatlangan elektr ta'minoti tizimlarini (UPS) yaratish bo'yicha loyihalarni amalga oshirdi.
Shuningdek, AQSH, Turkmaniston va Ruminiya elchixonalari uchun ham loyihalar bajarilgan!
Bizning korxonamiz ABB kompaniyasining rasmiy texnik hamkori hisoblanadi hamda ularning uskunalarini montaj qilish, sozlash va ishga tushirish ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, biz Schneider Electric, Siemens va Guard master kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz.
Etakchi jahon brendlari bilan ko'p yillik hamkorlik bizning tajribamiz yuqori darajada ekanligini, yechimlarimiz ishonchliligini hamda xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Energetika va sanoat obyektlari uchun ishonchli past va yuqori kuchlanishli uskunalar ishlab chiqaramiz.
Barcha me'yor va talablarni hisobga olgan holda har qanday murakkablikdagi energetika obyektlarini loyihalashtiramiz.
Elektr uzatish liniyalari va podstansiyalarni "tayyor holda" quramiz va montaj qilamiz.
(Ts 18586704-009)
(Ts 18586704-008)
(Ts 18586704-003)
(Ts 18586704-002)
(Ts 18586704-001)
(Ts 18586704-004)
(Ts 18586704-006)
Biz doimo sizga yordam berishga va savollaringizga javob berishga tayyormiz
Savollaringiz bormi yoki biz bilan muloqot qilmoqchimisiz? Bizga yozing.